Buzoqlarda Raxit Kasalligini Davolashni Takomillashtirish»
Ushbu dissertatsiya ishida buzoqlarda raxit kasalligini oldini olish va davolashning samarali usullarini ishlab chiqish va ularning iqtisodiy samaradorligini aniqlash maqsadida tadqiqotlar olib borilgan. Tadqiqotlar Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumanidagi "Shuxrat-Botir" fermer xo'jaligida o'tkazildi. Tadqiqot jarayonida buzoqlarning ratsionidagi moddalar va vitaminlar yetishmasligi, ularning iqtisodiy zarari aniqlangan. Shuningdek, raxit kasalligini oldini olish va davolashning yangi usullari, jumladan, murakkab vitamin-mineral preparatlaridan foydalanish taklif etilgan va uning iqtisodiy samaradorligi hisoblangan.