Cotton breeding and seed production
Ushbu kitob O'zbekiston qishloq xo'jaligi oliy o'quv yurtlarida 5410400 – Qishloq xo'jaligi ekinlari seleksiyasi va urug'chiligi yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, g'o'za seleksiyasi va urug'chiligi fani bo'yicha amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazishga qaratilgan. Kitobda g'o'za navlarini yaratish, ularni yetishtirish, urug'larini tayyorlash, ularning sifatini aniqlash va boshqa muhim agrotexnik tadbirlar batafsil yoritilgan. Ushbu qo'llanma talabalarga nafaqat nazariy bilim berish, balki amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga ham qaratilgan. Unda mavzularning ahamiyati, mashg'ulotlarning maqsadi, kerakli o'quv qurollari, laboratoriya asbob-uskunalari, mashg'ulotlarni o'tkazish tartibi, tahlil natijalari, har bir mavzu uchun savollar va topshiriqlar bilan boyitilgan.