Cuprate high temperature superconductors: a brief review
Ushbu metodologik qo'llanma yuqori haroratli kuprat supero'tkazgichlarining asosiy jismoniy xossalari bilan tanishtirishga qaratilgan bo'lib, ularning tarixiy ma'lumotlari, kristalli panjara tuzilishi, panjara konstantalari va supero'tkazuvchanlikning kritik harorati kabi muhim jihatlarni o'z ichiga oladi. Qo'llanmada kupratlar, xususan, La-, Y-, Bi-, Tl- va Hg-asosidagi kupratlarning kimyoviy formulasining asosiy parametrlar va kristal tuzilmalari batafsil ko'rib chiqilgan. Bundan tashqari, supero'tkazuvchanlikni o'qitishda raqamli texnologiyalardan, xususan, "YouTube.com" platformasi va "Comsol Multiphysics" simulyatsion dasturidan foydalanish bo'yicha tavsiyalar berilgan. Qo'llanma bakalavriat va magistratura talabalari uchun qo'shimcha adabiyot sifatida xizmat qilishi, shuningdek, tadqiqotchilarga ilmiy sohaga kirib kelishlarida dastlabki bilim berish va zarur adabiyotlarni topishga yordam berish maqsad qilingan.