Some words about English diyelects and its features
Ushbu maqola ingliz tilining standart va nostandart dialektlari hamda zamonaviy variantlari haqida ma'lumot beradi. Maqolada Yevropa Ittifoqining ingliz tilida so'zlashmaydigan mamlakatlarida ingliz tilini o'rganish darajasi, ijtimoiy sinfga bog'liq bo'lgan dialektlar (sotsiolekt, regiolekt, topolect) va ularning farqlari tahlil qilinadi. Shuningdek, Angliyadagi hozirgi kunda sheva variantlarining kamayib borayotgani, Shotlandiya shevasining kelib chiqishi va o'zgarishlari, shuningdek, dunyo bo'ylab tarqalgan ingliz tili dialektlari va kreol tillari haqida so'z yuritiladi. Maqolada dialekt va aksent tushunchalari ham o'zaro farqlanadi hamda tilshunoslikdagi turli qarashlar yoritiladi. Ingliz tilining xalqaro aloqada, jumladan, havo va dengiz kommunikatsiyalarida hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlarda rasmiy til sifatida qo'llanilishi ta'kidlanadi. O'zbekistonda ham ingliz tilining o'rganilishi va dialekt tushunchasiga nisbatan yondashuvlar ko'rib chiqiladi.