Dolomitlarni mineral kislotalar bilan magniy birikmalari, suyuq va donador o‘g‘itlarga qayta ishlashning fizik-kimyoviy asoslari va texnologiyasini ishlab chiqish
Ushbu dissertatsiya tadqiqoti Dehqonobod koni dolomiti xomashyosini mineral kislotalar bilan qayta ishlab, magniy birikmalari va suyuq hamda donador azot-kalsiyli va azot-kalsiy-magniyli oʻgʻitlar olish texnologiyasini ishlab chiqishga bag'ishlangan. Tadqiqotda dolomitni nitrat, sulfat va xlorid kislotalari bilan parchalash, olingan mahsulotlarni qayta ishlash, jumladan, magniy gidroksidi, magniy nitrati, magniy sulfati, magniy xloridi, kaliy sulfati va boshqa bir qator murakkab oʻgʻitlarni olish texnologiyalari ishlab chiqilgan va optimallashtirilgan. Tadqiqot natijasida sanoat miqyosida ishlab chiqarish uchun maqbul texnologik sharoitlar aniqlanib, ishlab chiqarish sxemalari va material balanslari ishlab chiqilgan. Ushbu tadqiqot mamlakatimizda kimyo sanoatini rivojlantirish va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga qoʻshgan hissasi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.