The Essence Of Effectiveness Of Family Buisness
Ushbu maqola oilaviy biznesning mohiyati va iqtisodiy rivojlanishdagi o'rni haqida ilmiy tahlilni taqdim etadi. Unda oilaviy biznesning ijtimoiy funksiyalari va samaradorligi statistika asosida ko'rib chiqiladi. Maqolada tadbirkorlik nazariyalari, jumladan, Cantillon, Sey, Schumpeter va Marshall kabi iqtisodchilarning oilaviy tadbirkorlikka oid qarashlari tahlil qilinadi. O'zbekistonda oilaviy biznesning shakllanishi va rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar, jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, milliy qadriyatlar va davlat siyosati hamda bu boradagi mavjud qiyinchiliklar ham ko'rsatib o'tiladi. Maqolada oilaning reproduktiv, ta'limiy va iqtisodiy funksiyalari, shuningdek, turli oilaviy tiplar va ularning bolalarni tarbiyalashdagi o'rni ham yoritilgan. Zamonaviy iqtisodiy sharoitda oilaviy biznesning moslashuvchanligi va tezkor javob berish qobiliyati uning iqtisodiy rivojlanishni barqarorlashtirishdagi ahamiyatini ta'kidlaydi.