Embriologiya va gistologiya fanidan amaliy mashg’ulotlar
Ushbu kitob embralogiya va gistologiya fanlaridan amaliy mashg'ulotlarni o'z ichiga oladi. Unda hujayra tuzilishi, uning rivojlanishi, to'qimalar va organlar haqida ma'lumotlar berilgan. Kitobda shu jumladan, jinsiy hujayralar (spermatozoidlar, tuxum hujayralar), spermatogenez, ovogenez, urug'lanish, embrion rivojlanishining dastlabki bosqichlari (maydalanish, blastula, gastrula, neyrula) va embrionning yordamchi organlari (amnion, allantois, xorion, sariqlik xaltasi) hamda ularning funksiyalari, suyak, tog'ay, muskul va nerv to'qimalarining tuzilishi va vazifalari atroflicha yoritilgan. Gistologiya laboratoriyasida ishlatiladigan asbob-uskunalar, jumladan, mikroskop turlari, ulardan foydalanish, kesmalarni tayyorlash va bo'yash usullari ham batafsil bayon etilgan.