Epoksidlangan o‘simlik moylari asosida polivinilxlorid uchun ikkilamchi plastifikatorlar olish va qo‘llash
Ushbu dissertatsiya tadqiqoti Epoksidlangan o'simlik moylari asosida polivinilxlorid (PVX) uchun ikkilamchi plastifikatorlar olish va ulardan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqishga bag'ishlangan. Tadqiqotda kungaboqar, kunjut va zig'ir moylarini vodorod peroksid yordamida epoksidlash natijasida olingan epoksidlangan moylar polivinilxloridga ikkilamchi plastifikator sifatida qo'llashning maqbul sharoitlari aniqlangan. Epoksidlangan moylarning tuzilishi va tarkibi zamonaviy fizik-kimyoviy usullar (IQ, Raman, YaMR, PMR, Xromatomass-spektroskopiya) bilan o'rganilgan. Ikkilamchi plastifikatorlarning birlamchi plastifikator (dioktilftalat) bilan aralashtirilgan holda PVX ning termik va mexanik xossalariga ta'siri o'rganilgan. Tadqiqot natijasida olingan ikkilamchi plastifikatorlar PVX mahsulotlarining termik barqarorligi va moslashuvchanligini oshirishi aniqlangan. Ishlab chiqilgan texnologiya