Farming and basics of plant science
Ushbu kitobda qishloq xo'jaligi sohasida amalga oshiriladigan muhim laboratoriya mashg'ulotlari, jumladan, tuproq strukturasi, uning hajmiy og'irligi, namlik miqdori, suv va tuz miqdorini aniqlash, ekin ekish tizimlari va zararkunandalarga qarshi kurash usullari kabi mavzular chuqur yoritilgan. Har bir mavzu bo'yicha nazariy bilimlar, amaliy uslublar va ularni bajarish jarayonlari batafsil bayon etilgan. Kitob talabalarga qishloq xo'jaligi ilmining nazariy va amaliy jihatlarini o'rganishda, yer resurslaridan samarali foydalanish hamda hosildorlikni oshirishda muhim qo'llanma bo'lib xizmat qiladi. Shuningdek, unda sug'orish rejimlarini belgilash va mineralizatsiyalangan suvning sug'orishga yaroqliligini aniqlash kabi zamonaviy agrotexnik tadbirlarga ham to'xtalib o'tilgan.