🔍

Fitopatologiya fanidan

Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tomonidan tayyorlangan «Qishloq xo‘jaligi fitopatologiyasi» fanidan o‘quv-uslubiy majmuani o‘z ichiga oladi. Kitobda fitopatologiya fanining nazariy va amaliy bilimlari, o‘simlik kasalliklari, ularga qarshi kurash choralari, jumladan zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlar ta’siridan nobud bo‘ladigan hosilning yillik foizi, ularni aniqlash, oldini olish va bartaraf etish usullari, fitopatologiya fanining qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi o‘rni, o‘simliklarda zamburug‘lar, bakteriyalar, viruslar va fitoplazmalar qo‘zgatadigan kasalliklar, ularning tuzilishi, o‘simlik immuniteti, kasalliklarning rivojlanishi va ko‘payishi, kasalliklarga qarshi kurash choralari hamda ularga qarshi kurash choralarining nazariy va amaliy jihatlari keng yoritilgan. Kitobda asosiy nazariy qism, laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim mavzulari hamda kurs ishi mavzulari keltirilgan. Shuningdek, test savollari va javoblar berilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Mikrobiologiya, fitopatologiya va qishloq xo’jalik biotexnologiyasi

Ushbu uslubiy qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida Namangan muhandislik-texnologiya institutining "Qishloq xo'jaligi mahsulotlari texnologiyasi" kafedrasi tomonidan ishlab chiqilgan. Qo'llanma mikrobiologiya, fitopatologiya va qishloq xo'jalik biotexnologiyasi fanidan laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazish uchun mo'ljallangan bo'lib, 5410500-Qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi ta'lim yo'nalishi talabalari uchun qo'shimcha ma'lumotlar beradi.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Manzarali o’simliklar fitopatologiyasi

O„zbekistonda manzarali o„simliklarning fitopatologiyasi va biologiyasi o„rganilgan, hamda ularga qarshi kurash choralari takomillashtirilgan. Ushbu darslik gulchilik sohasi, jumladan manzarali bog„dorchilik va ko„kalamzorlashtirish ta‟lim yo‟nalishidagi talabalar va magistrantlarning manzarali bog‟dorchilik, botanika va o‟simliklar fiziologiyasi, manzarali bog‟dorchilik biotexnologiyasi va mikrobiologiya hamda manzarali bog‟dorchilik fitopatologiyasi fanlarini chuqur o‟rganish uchun mo‟ljallangan. Shuningdek undan viloyatlar va tumanlardagi gulchilik tarmog‟i fermer xo‟jaliklari va xususiy tadbirkorlar, o‟simliklarni himoya qilish mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin.

🔑 Kalit soʻz🎯 77.9%

Entomologiya va fitopotologiya

Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan agronomiya va o‘simliklarni himoya qilish kollejlari uchun tayyorlangan. Unda umumiy entomologiya, qishloq xo‘jalik entomologiyasi, o‘rmon entomologiyasi, tibbiyot entomologiyasi, veterinariya entomologiyasi va hokazolar o‘rganiladi. Kitobda hasharotlarning tashqi va ichki tuzilishi, fiziologik xususiyatlari, bioekologiyasi, klassifikatsiyasi va ularga qarshi kurash choralari haqida batafsil ma’lumot berilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 77.5%