Foreign languages
Ushbu o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining menejment, iqtisod va marketing yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga ingliz tilini o'rgatishga mo'ljallangan. Qo'llanma iqtisodiyotning asosiy tushunchalari, bozor mexanizmlari, pul, aholi, daromad va kambag'allik kabi mavzularni qamrab oladi. Shuningdek, unda mashhur iqtisodchilarning hayoti va faoliyati haqida ma'lumotlar berilgan. Har bir mavzu grammatik mashqlar, lug'at boyligini oshirishga qaratilgan topshiriqlar va mustaqil ishlar bilan mustahkamlanadi.