Frensis Bekonning ilmiy-falsafiy merosi va uning hozirgi zamondagi ahamiyati
Ushbu dissertatsiya tadqiqoti Frensiy Bekonning ilmiy-falsafiy merosi va uning hozirgi zamondagi ahamiyatiga bag'ishlangan. Unda Bekonning falsafasi, uning ijtimoiy-tarixiy, siyosiy va axloqiy qarashlari, tabiat falsafasi, bilim nazariyasi hamda uning sharq falsafasi bilan bog'liqligi o'rganiladi. Tadqiqotda Bekonning ilmiy-falsafiy merosi, "Yangi Atlantida" asari va uning zamonaviy ilm-fan, texnika, ta'lim jarayonlari bilan bog'liqligi va jamiyat taraqqiyotiga ta'siri tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari asosida ushbu fikrlarni targ'ib qilish bo'yicha takliflar beriladi.