Gerontopsixiatriya
Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma tibbiyot oliy o'quv yurtlarining Psixiatriya va narkologiya kafedrasida “davolash ishi" 60910200-yo'nalishlari bo'yicha tahsil olayotgan talabalar uchun moʻljallangan. Unda Gerontopsixiatriya mavzusi atrofli yoritilgan bo'lib, qarilik yoshidagi ruhiy kasalliklar, ularning sabablari, rivojlanishi, klinik manzarasi va davolash usullari haqida batafsil ma'lumot berilgan. Kitobda involyutsion psixozlar, jumladan, involyutsion melanxoliya va involyutsion paranoid, shuningdek, senil psixozlar, jumladan, senil demensiya va Pick kasalligi kabi mavzular chuqur oʻrganilgan. Shuningdek, qarilik psixozlarining tashxisi, davolash va parvarishlash boʻyicha zamonaviy yondashuvlar ham bayon etilgan.