Graduation theme: Effects of Mn and V on microstructure and mechanical properties of high-entropy alloys based on AlCoCrNi system.
Ushbu diplom ishi AlCoCrNi asosidagi yuqori entropiyali qotishmalariga Mn va V qo'shilishi natijasida yuzaga keladigan mikro tuzilish va mexanik xossalarning o'zgarishini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqot jarayonida ushbu qotishmalarning asosiy kimyoviy tarkibi, fazaviy tuzilishi, mexanik xossalari (tortishish kuchi, qattiqlik, egiluvchanlik) va ularning bir-biriga bog'liqligi batafsil tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari Mn va V elementlarining qo'shilishi qotishmalarning mustahkamligini oshirishiga, ammo shu bilan birga egiluvchanligini pasayishiga olib kelishini ko'rsatdi. Ayniqsa, AlCoCrNiMn4V4 qotishmasi yuqori harorat oralig'ida ham o'zining ajoyib mexanik xossalarini saqlab qolishi va strukturali qo'llashlar uchun potentsialini kengaytirishi ta'kidlangan.