Hamshiralik ishi
Ushbu kitob tibbiyot xodimlari, xususan hamshiralar uchun mo'ljallangan bo'lib, ularning kundalik amaliyotida zarur bo'ladigan bilimlarni o'z ichiga oladi. Kitob bemorlarni qabul qilish, shaxsiy gigienasini ta'minlash, ovqatlantirish, haroratini o'lchash, dori-darmonlarni qo'llash usullari, fizioterapiya, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda ko'rsatiladigan yordam kabi muhim mavzularni qamrab oladi.