Hikmatlar
Ushbu kitob Alisher Navoiyning bolalar uchun mo'ljallangan hikmatlar to'plamidir. Unda shoirning xalq orasida mashhur bo'lgan, hayotiy saboqlar beradigan pand-nasihat mazmunidagi she'rlari jamlangan. Hikmatlar yosh avlodni odob-axloqqa, mehnatsevarlikka, ilmga intilishga, kattalarni hurmat qilishga va oʻzligini anglashga chaqiradi. Kitob tili sodda va tushunarli bo'lib, bolalarning dunyoqarashini kengaytirishga, ma'naviy dunyosini boyitishga qaratilgan.