Python dasturlash (1-qism)
Ushbu kitob bolalarni Python dasturlashtirishni o'ynab o'rganishga mo'ljallangan. Ota va onalari bilan bolalarni o'rganishi tavsiya etiladi. 5-8 yoshli iqtidorli bolalar hamda 9 yoshdan kattta bolalar uchun mo'ljallangan. Dasturlashtirish inson miyasi faoliyatining eng yuqori mushohadalash va tafakkur etish istiqboli bo'lgani uchun ham biz bolalarni yoshligidan dasturlashtirish olamiga o'yin shaklida kiritishimiz mumkin. BU g'oyani kod yozishdan boshlab ems balki o'yin shaklida kiritish g'oyasini oldinga surmoqchimiz. Ushbu kitob bolalar uchun juda yaxshi o’rtacha og’irlikdagi Python dasturlash bo’yicha qo'llanma. O'quvchilar Python tili haqida asosiy bilimlarga ega bo'ladilar, ob'ektga yo'naltirilgan dasturlash to'g'risida ma'lumot olishadi, funktsiyalar, sinflar va modullar bilan ishlashni o'rganadilar. Grafika bilan ishlashga, animatsiya yaratishga va kitobda bolalarning o'z o'yinlarini rivojlantirishga katta e'tibor beriladi. Nashr dasturlashni yaxshi ko'radigan o'rta va yuqori sinf o'quvchilari uchun foydali bo'ladi, shuningdek, bolalar uchun qo'shimcha ta'lim kurslarida dasturiy vosita sifatida ishlatilishi mumkin, dastlabki kodlarni terib,grafik namoyishlarni ko’rsatib yuqori guruh bog’cha bolalarini ham jalb qilish mumkin hamda bu tarzdaagi informatikani rivojlantirib, uni o’qitilishini yanaada yoshartirish tendentsiyasini amalga oshirish g’oyasini talqin qilishni harakat qilindi.