Intransitive Verben im Kontext
Ushbu kitob "Intransitive Verben im Kontext" (O'timsiz fe'llar kontekstda) nemis tilini o'rganuvchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda 170 ta o'timsiz fe'lning qo'llanilishi turli kontekstlarda, matbuot materiallari, zamonaviy lug'atlar, o'quv qo'llanmalaridan olingan autentik misollar bilan yoritilgan. Kitob fe'llarning uchta asosiy shakli, o'zbek tiliga tarjimasi, shuningdek, shaxs, son, zamon, nisbat va mayl kabi grammatik kategoriyalari bo'yicha tahlilini o'z ichiga oladi. Kitobdan nemis tili bo'limi va fakultetlarining barcha amaliy kurslarida, laboratoriya va mustaqil ishlarida foydalanish mumkin.