Issiqxonalarda sabzovot ko'chatchiligi
Ushbu darslik Oʻzbekiston sharoitida issiqxonalarda sabzavot koʻchatlarini yetishtirish texnologiyasi va agrotexnik tadbir-lariga bagʻishlangan boʻlib, unda issiqxona, parnik va ilitilgan yerlarda koʻchatlarni tayyorlash usullari, ularni oziqlantirish, sugʻorish, harorat va yorugʻlikka boʻlgan talabini nazorat qilish, mineral oʻgʻitlar bilan taʼminlash va ularni toʻgʻri qoʻllash, tuproq aralashmalarini tayyorlash va ularning tarkibini aniqlash, koʻchatlarni koʻchirib oʻtkazish va rivojlanishini taʼminlash texnologiyalari atroflicha bayon etilgan. Shuningdek, kitobda sabzavot ekinlarini payvandlash usullari va pomidor, bodring, qalampir, baqlajon kabi ekinlarning koʻchatlarini yetishtirish texnologiyasi, ularga boʻlgan talab va ularning xususiyatlari bilan tanishib chiqiladi.