Karantin begona o'tlar
Ushbu kitob o'simliklar karantini, xususan begona o'tlarga qarshi kurash masalalariga bag'ishlangan. Unda O'zbekiston Respublikasida tarqalgan va tarqalishi mumkin bo'lgan karantin begona o'tlar, ularning biologik xususiyatlari, ularga qarshi kurash choralari, shuningdek karantin tadbirlari, ekspertiza usullari va zaharli begona o'tlarning xavfi yoritilgan. Kitob, shuningdek, karantinning tarixi va ahamiyati, tashkilotlari, xalqaro konvensiyalar haqida ma'lumot beradi.