Oddiy kashtan mevasining biokimyoviy tahlili va uning oziq-ovqat sanoatida qo‘llash texnologiyasi
Ushbu dissertatsiya oddiy kashtan (Aesculus hippocastanum) mevasi va gulining biokimyoviy tahlilini oʻrganish hamda undan olingan biologik faol moddalarni oziq-ovqat sanoatida qoʻllash texnologiyasini ishlab chiqishga bagʻishlangan. Tadqiqotda kashtan mevasidan turli usullar yordamida biologik faol birikmalar ajratib olindi, ularning kimyoviy tarkibi va biologik faolligi oʻrganildi. Shuningdek, ajratib olingan birikmalardan foydalanib non tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqildi va uning iqtisodiy samaradorligi baholandi. Tadqiqot natijalari boʻyicha 43 ta ilmiy ish nashr etilgan, shu jumladan 5 ta maqola respublika va 2 ta xorijiy jurnallarda chop etilgan.