Lоyihalash asоslari
Ushbu o'quv-uslubiy majmua "Qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi" fanini o'rganish uchun mo'ljallangan bo'lib, unda asosiy tushunchalar, mavzular, ularning mazmuni, texnologik jarayonlar, xomashyo turlari, ularni hisoblash usullari va me'yoriy hujjatlar haqida ma'lumot berilgan. Kitobda ayniqsa, gips, ohak, sement, keramika, shisha kabi qurilish materiallari va ulardan foydalanish bo'yicha keng qamrovli ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, qurilishni loyihalash jarayonida asosiy omillar, texnologik sxemalarni tuzish, uskunalarni tanlash va joylashtirish, xomashyo omborlarini hisoblash, mehnatni tashkil qilish va boshqa muhim jihatlar batafsil yoritilgan. Kitob davlat standartlari va me'yoriy hujjatlarga asoslanib yozilgan bo'lib, talabalar uchun nazariy va amaliy bilimlar berishga qaratilgan.