The Content of Cooperation between the Mahalla Institute and the Higher Educational Institutions in Terms of Globalization
Ushbu maqola O'zbekistonda globalizatsiya sharoitida mahalla instituti va oliy ta'lim muassasalari o'rtasidagi hamkorlikning mazmuni va uning dolzarbligi haqida. Mahalla o'zining noyob ijtimoiy-hududiy birlik sifatida yoshlarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasida muhim o'rin tutadi. Maqolada mahalla va oliy ta'lim muassasalari o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, bu orqali yoshlarga ta'sirchan ta'limiy-tarbiyaviy yondashuvni ta'minlash zarurligi ta'kidlangan. Globalizatsiya sharoitida bu hamkorlikning ahamiyati, jumladan, uslubiy yordam ko'rsatish, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etish kabi jihatlar yoritilgan. Shuningdek, 'komfortli va xavfsiz mahalla' tamoyili asosida ish olib borish, oila va mahallada ijtimoiy-ma'naviy muhitni yaxshilash, ijtimoiy faollikni oshirish kabi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari ham qayd etilgan. Hamkorlikning tashkiliy, g'oyaviy, boshqaruv, nazorat va ekspertiza kabi jihatlari va oliy ta'lim muassasalari tomonidan ko'rsatiladigan amaliy yordam turlari, jumladan, malakali o'qituvchilarni jalb etish, texnik uskunalar, o'quv adabiyotlari, ko'rgazmali qurollar bilan ta'minlash va boshqalar haqida so'z boradi.