Maktabda muammoli ta’lim
Ushbu malakaviy bitiruv ishi boshlang'ich ta'limda muammoli ta'limni qo'llash masalalariga bag'ishlangan. Unda muammoli ta'limning nazariy asoslari, mohiyati, metodlari va texnologiyalari ko'rib chiqilgan. Shuningdek, muammoli ta'limning o'quv jarayoniga tatbiq etish yo'llari va usullari tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida muammoli ta'lim o'quvchilarning bilim olishga qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va ijodiy faolligini ta'minlashga yordam beradigan samarali pedagogik vosita ekanligi aniqlangan.