Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
Ushbu kitob "Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi" fanini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, unda O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida tayyorlangan ma'ruzalar matni, mashg'ulotlar, laboratoriya va amaliy mashg'ulotlar, kurs ishlari (loyihalar) va diplom loyihalarini tayyorlash metodikasi, shuningdek, talabalar bilimini baholashning reyting tizimi kabi muhim masalalar yoritilgan. Kitobda O'zbekiston Respublikasining ta'lim tizimi, O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" kabi normativ-huquqiy hujjatlar, o'quv jarayonini tashkil etish, rivojlantirish, ta'limning zamonaviy shakllari va metodlari, axborot texnologiyalaridan foydalanish, multimedia vositalari, jumladan, elektron kitoblar va ularning turlari, shuningdek, talabalar bilimini baholashning zamonaviy usullari, masalan, "Reyting tizimi" kabi muhim masalalar atroflicha tahlil qilingan.