Mikrosuvo‘tlaridan parrandalar uchun ozuqa emi tayyorlash jarayonlarini o‘rganish (ilmiy ish)
Ushbu kitob O'zbekiston sharoitida mikrosuvo'tlarni yetishtirish va ulardan chorvachilik, parrandachilik va ipakchilik sanoatlarida foydalanish imkoniyatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Kitobda mikrosuvo'tlarning biologik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi, ularni ozuqa sifatida ishlatishning afzalliklari, turli xil mikrosuvo'tlarining ta'siri (Chlorella va Scenedesmus) bo'yicha tajribalar va ularning natijalari keltirilgan. Kitob mikrosuvo'tlarning istiqbolli manba ekanligini ko'rsatib beradi va ularni amaliyotga joriy etish yo'llarini ochib beradi.