N-olefinlarning dimerlanish jarayonini o’rganish
Ushbu tadqiqot 1-geksenning dimerlanish jarayonini katalizatorlar ta'sirini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda turli katalizatorlar (temir sulfat+alyuminiy oksidi, ammoniy sulfat+alyuminiy oksidi, sulfat kislota+alyuminiy oksidi) qo'llanilib, 1-geksenning dimerlanish jarayoni o'rganilgan va optimal shart-sharoitlar aniqlangan. Olingan mahsulotlarning fizik-kimyoviy xossalari va tuzilishi Geksen-1 va uning dimerlanish mahsulotlarining IK va YaMR spektrlari yordamida tekshirilgan. Tadqiqot natijasida eng faol katalizator aniqlanib, uning dimerlanish jarayonida yaxshi natija berishi ko'rsatilgan. Tadqiqotda olingan dimerlanish mahsulotlarining kimyo sanoatida qo'llanilishi bo'yicha ham tavsiyalar berilgan.