🔍

English

Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma O'zbekistonning ko'p qirrali madaniyati, tarixi, geografiyasi, siyosati, iqtisodiyoti va ijtimoiy hayoti haqida keng qamrovli ma'lumotlarni taqdim etadi. Kitobda mamlakatning turli hududlari, jumladan, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Namangan, Farg'ona, Andijon, Navoiy, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Qoraqalpog'istonning o'ziga xos jihatlari, tarixiy obidalar, madaniyat markazlari, tabiat go'zalliklari hamda zamonaviy hayoti o'rin olgan. Shuningdek, o'zbek xalqining urf-odatlari, milliy kiyim-kechaklari, teatr san'ati, televideniyening hayotdagi o'rni, bayramlari va festivallari, sport hayoti kabi turli mavzular chuqur yoritilgan. Qo'llanma talabalarga O'zbekiston haqida ilmiy va amaliy bilim berish, ularning dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek, ingliz tilida muloqot qilish ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 72.0%

Ijtimoiy va oila psixologiyasi

Ushbu o'quv uslubiy tuzilma ijtimoiy hayot sirlarining muxtasar bayoni bo'lib, ijtimoiy va oila psixologiyasining ilmiy amaliyot va ilmiy tadqiqot quroli sifatidagi imkoniyatlari to'g'risida tasavvur beradi. U talabalarga dars jarayoni orqali insonning jamiyat va oila bilan bo'ladigan ko'plab murakkab munosabatlari tizimining ijtimoiy psixologik mexanizmlarini yoritib berishga qaratilgan. Shuningdek, yoshlarga aynan psixologik bilimlar asoslarini berish, ularni o'z atrofida ro'y berayotgan islohotlarga holis baho berish, o'zi va o'zgalar ruhiyati sir-asrorlarini befarq bo'lmaslik, o'z layoqatlarini o'stirishning elementar vositalaridan bohabar bo'lishga yordam beradi. Uslubiy tuzilma ijtimoiy psixologiya asoslari bo'yicha muxtasar bilimlarni beradi, bunda albatta ijtimoiy va oila psixologiyasidagi tadbiqiy, amaliy sohalarga, boshqaruv va rahbarlik masalalariga, muloqot va uni samarali ta'sir etish yo'llariga, muloqotning shakllari, bosqichlari, vositalariga, shaxsning ijtimoiy munosabatlardagi turli toifalardagi oilalarga e'tiborni qaratadi.

🔑 Kalit soʻz🎯 71.8%

Turizm: nazariya va amaliyot

Ushbu kitob O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish, turizm mahsulotini ishlab chiqarish va uni amalga oshirish jarayonini, turizmning xalqaro va mahalliy bozorlarini tahlil qilish, uning zamonaviy tendensiyalarini o‘rganish va turizmga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishishni maqsad qiladi. Kitobda «Turizm: nazariya va amaliyot» fanining maqsadi va vazifalari, O‘zbekistonda turizm sohasining rivojlanish bosqichlari, jahon turizm bozori tendensiyalari, sayohatchi va turist tushunchalarining mohiyati, turizm sanoatining asosiy turlari, turizm infratuzilmasi, uni boshqarish tizimi va marketingi, turizm sohasidagi qonunchilik hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlar, shuningdek, BMT va YUNESKO kabi xalqaro tashkilotlarning O‘zbekiston turizmini rivojlantirishdagi o‘rni kabi muhim masalalar batafsil yoritilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 71.6%