Realtest dasturining server qismini yaratish
Ushbu bitiruv malakaviy ishi talabalarning yakuniy nazoratlarini test sinovlari shaklida tashkil etish uchun moʻljallangan “RealTest” dasturining server qismini yaratishga bagʻishlangan. Ishda talabalarning bilimini nazorat qilish, natijalarni qayd etish va hisobotlarni tayyorlash kabi vazifalar avtomatlashtiriladi. Dastur uchta asosiy qismdan iborat: administrator boʻlimi, konstruktor boʻlimi va mijoz boʻlimi. Ish jarayonida MySQL maʼlumotlar omboridan foydalanilgan.