English
Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma O'zbekistonning ko'p qirrali madaniyati, tarixi, geografiyasi, siyosati, iqtisodiyoti va ijtimoiy hayoti haqida keng qamrovli ma'lumotlarni taqdim etadi. Kitobda mamlakatning turli hududlari, jumladan, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Namangan, Farg'ona, Andijon, Navoiy, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Qoraqalpog'istonning o'ziga xos jihatlari, tarixiy obidalar, madaniyat markazlari, tabiat go'zalliklari hamda zamonaviy hayoti o'rin olgan. Shuningdek, o'zbek xalqining urf-odatlari, milliy kiyim-kechaklari, teatr san'ati, televideniyening hayotdagi o'rni, bayramlari va festivallari, sport hayoti kabi turli mavzular chuqur yoritilgan. Qo'llanma talabalarga O'zbekiston haqida ilmiy va amaliy bilim berish, ularning dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek, ingliz tilida muloqot qilish ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.