Famatsevtika instituti talabalarining dori vositalari sifatini ta’minlash fani bo`yicha mustaq`il ravishda tayyorlanishlari uchun usulubiy qo`llanma
Ushbu kitob dori vositalari sifatini ta'minlashga bag'ishlangan. Unda O'zbekiston farmatsevtika sohasida xalqaro standartlarni joriy etish, GMP, GLP, GCP talablari asosida dori vositalarini ishlab chiqarish, sifat nazoratini tashkil etish, analitik usullar, texnologik jarayonlarni validatsiyalash, xom ashyo va qadoqlash materiallari sifatini ta'minlash, dori vositalarining texnologik reglamentini ishlab chiqish kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Talabalar dori vositalari sifati, faolligi va bezararligini ta'minlash bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishlari kerak. Kitobda laboratoriya mashg'ulotlarini tashkil etish, talabalarning mustaqil ta'lim olish shakllari va mazmuni ham keltirilgan.