“Sali haqiqati” va uning franklar hayotidagi o`rni
Ushbu bitiruv malakaviy ishida "Sali haqiqati" va franklarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, qonunlar to‘plami, urug‘chilik tuzumi qoldiqlari, jinoyat turlari va ularning jazolari, feodal munosabatlarining shakllanishi, dehqonlarning ahvoli, yer egaligi, mulkchilik, iqtisodiy va maishiy turmush tarzini yoritishga harakat qilingan. Shuningdek, “Sali haqiqati”ni yoritilishi davr manbalarida qanday bo'lganligi va ularning ahamiyati haqida fikr yuritilib yoshlarga, umuman, talabalarga ta'lim-tarbiya berishda o`quv qo`llanma sifatida foydalanishni asosiy maqsad qilib qo`yilgan.