SamDUning xalqaro SuperSID loyihasidagi ishtiroki
Maqolada "SuperSID" qurilmasi orqali qayd etilgan ma'lumotlar asosida Quyosh chaqnashlari va geomagnit to'fonlarning Yerga ta'siri o'rganilgan. Loyiha Quyosh aktivligi natijasida Yer atmosferasida yuzaga keladigan o'zgarishlarni kuzatishga qaratilgan. Maqolada ionosferaning tuzilishi, undagi jarayonlar hamda SuperSID qurilmasining ishlash tamoyillari haqida ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, radio to'lqinlarning tarqalishi va ionosfera qatlamlarining xususiyatlari yoritilgan.