Ona tilidan sifatlarning semantik- funktsional xususiyatlarini o”rgatishda interfaol usullardan foydalanish
Ushbu bitiruv malakaviy ishi oʻzbek tilida sifat soʻz turkumining leksik-semantik va grammatik xususiyatlarini oʻrganishga bagʻishlangan. Unda sifatlarning ma’noviy guruhlari, ularning tuzilishi, yasalishi, nutqdagi oʻrni va funksiyalari tahlil qilinadi. Shuningdek, sifatlarning etimologiyasi, konversiya hodisasi va narsa asosida shakllangan sifat leksemalariga ham e’tibor qaratilgan. Ishning asosiy maqsadi sifatlarning ona tilini o'rgatishda semantik-funktsional xususiyatlarini yoritishdan iborat.