Solfedjio
Ushbu kitob, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan, A.Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika institutining musiqa nazariyasi va metodikasi kafedrasi tomonidan tayyorlangan "Solfedjio" fanidan amaliy dars ishlanmasidir. U musiqa o'qituvchilarini tayyorlashga qaratilgan bo'lib, talabalarning musiqiy eshitish qobiliyatini shakllantirishga, musiqani idrok etishni rivojlantirishga, badiiy didni o'stirishga hamda notalar bilan ishlash, kuylash va ritmik mashqlarni bajarish ko'nikmalarini oshirishga qaratilgan.