Somoniylar davrida ijtimoiy - madaniy hayot va pedagogik fikr taraqqiyoti
Ushbu dissertatsiya Somoniylar davrida ijtimoiy-madaniy hayot va pedagogik fikrlar taraqqiyotini oʻrganishga bag'ishlangan bo'lib, o'sha davr allomalarining ta'lim-tarbiya haqidagi qarashlarini tahlil qiladi va ularning zamonaviy ta'lim jarayonida qoʻllash imkoniyatlarini ko'rsatib beradi. Tadqiqotda Somoniylar davrining ijtimoiy-madaniy hayoti, ta'lim tizimi, maktablar, pedagogik fikrlar va mashhur allomalar (Abu Abdulloh Rudakiy, Abu Shakur Balxiy, Abu Ali ibn Sino)ning ta'lim-tarbiya haqidagi qarashlari chuqur o'rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, o'sha davrning ilg'or pedagogik g'oyalarini zamonaviy ta'limda qo'llash orqali ta'lim sifatini oshirish mumkinligi ta'kidlangan. Dissertatsiyada tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati, usullari, natijalari hamda ularni joriy etish bo'yicha tavsiyalar berilgan.