Tamakining o’sish va rivojlanishiga ma’danli o’g’itlarning ta’siri
Ushbu bitiruv malakaviy ish tamaki o'sishi va rivojlanishiga ma'danli o'g'itlarning ta'sirini o'rganishga bag'ishlangan. O'zbekiston sharoitida tamakichilikni rivojlantirish masalalari, tamaki navlari (Izmir va Dyubek-2898) xususiyatlari, ularni yetishtirish texnologiyalari va ma'danli o'g'itlardan foydalanish usullari ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari Samarqand viloyati Urgut tumanida olib borilgan dala tajribalariga asoslangan. Ishda tamaki o'sish jadalligi, barg hosil qilish davomiyligi va hosildorligiga ma'danli o'g'itlarning ta'siri tahlil qilingan. Olingan natijalar asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.