Mashinalarni ishlab chiqarish asoslari
Ushbu kitob «Mashinalarni ishlab chiqarish asoslari» fanining davlat ta’lim standartlariga muvofiq ravishda tayyorlangan bo’lib, unda mashinasozlik texnologiyasi, mashinalarni ishlab chiqarish jarayonlari, ularning turlari, texnologik jarayonlarni loyihalash, aniqlikni boshqarish, yuzalar sifatini ta’minlash, mexanik ishlov berish usullari, abraziv ishlov berish, tiklash kabi muhim mavzular yoritilgan. Har bir mavzu bo’yicha nazariy ma’lumotlar, tajriba va nazorat savollari, nazariy hisoblash usullari keltirilgan. Kitobdan maqsad – mashinasozlik sohasida chuqur bilimga ega bo’lgan, mashinalarni loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlarida ijodiy yondashadigan va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lgan yuqori malakali kadrlar tayyorlashga yordam berishdir.