Umurtqаsiz hаyvоnlаr zооlоgiyasi
Ushbu kitob umurtqasiz hayvonlar zoologiyasiga bag'ishlangan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Guliston Davlat Universiteti talabalari uchun o'quv-uslubiy majmua sifatida tavsiya etilgan. Majmua umurtqasiz hayvonlarning tuzilishi, ko'payishi, rivojlanishi, sistematik guruhlari va ekologiyasi kabi asosiy zoologik jihatlarni qamrab oladi. Kitobda har bir mavzu bo'yicha nazariy ma'lumotlar, amaliy mashg'ulotlar, mustaqil ish topshiriqlari va nazorat savollari keltirilgan. Materiallar soddadan murakkabga tomon, aniq va tushunarli tilda bayon etilgan. Mahalliy fauna materiallariga katta e'tibor qaratilgan.