Хўжайли тумани топонимларининг тарихий-лингвистик таҳлили
Ushbu dissertatsiya Xo'jayli tumanidagi geografik nomlarning tarixi va tilshunoslik jihatlarini tadqiq etishga bag'ishlangan. Nomlarning kelib chiqishi, shakllanishi, semantik xususiyatlari va grammatik tuzilishi tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida 700 ga yaqin Xo'jayli tumani hududiga oid geografik nomlar to'plangan va lingvistik jihatdan o'rganilgan. Xo'jayli nomining etimologiyasi, ushbu hududdagi toponimlarining paydo bo'lishi va shakllanishiga ta'sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-geografik omillar, shuningdek, xalqning madaniyati va tarixi bilan bog'liq jihatlari ochib berilgan. Kitobda toponimlar ma'lumotnomasi, ularning tasnifi, lingvistik tahlili va geografik ob'ektlar nomlanishidagi qonuniyatlar ko'rsatib berilgan.