Yettisuv tarixining o‘rganilishiga doir
Maqola Yettisuv tarixining oʻrganilishiga bagʻishlangan. Unda Yettisuv hududining Sharq va Gʻarbni bogʻlovchi koʻprik vazifasi, Markaziy Osiyoning muhim strategik hududi sifatidagi ahamiyati, mintaqa aholisining boy madaniy merosi, anʼanalari va urf-odatlari haqida maʼlumotlar keltirilgan. Shuningdek, turli davrlarda mintaqaga qilingan tarixiy yurishlar, savdo yoʻllari va ularning ahamiyati, xitoylik iezuitlarning tadqiqotlari, Rossiya imperiyasining Markaziy Osiyoni oʻrganishga qaratilgan ekspeditsiyalari, qadimgi turkiy yozuvlarning topilishi va oʻqilishi, V.V.Bartoldning Yettisuvga qilgan ilmiy safarlari va tadqiqotlari yoritilgan.