Дуккакли ўсимлик махсулотларининг омборхона зараркунандалари таҳлили
Ushbu tadqiqot ishida don va un mahsulotlariga zarar yetkazuvchi, qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlashda ombor zararkunandalari hamda ularga qarshi kurash choralari haqida batafsil ma'lumotlar berilgan. Tadqiqotda o'simliklarni zararli omil-zararkunandalardan himoya qilishning ahamiyati, jumladan, don omborlarida uchrovchi zararkunandalar, ularning biologiyasi, zararli ta'siri va ularga qarshi kurashish usullari yoritilgan. Tadqiqotda Keng xartumli ombor uzunburuni, Trioderma terixur qo'ngizi, Xitoy donxo'ri, un kanasi kabi ko'plab zararli organizmlarning turlari, zararlash usullari va rivojlanish bosqichlari tasvirlangan. Shuningdek, kimyoviy, fizik-mexanik va biologik kurash choralari, jumladan, fumigatsiya usullari, insektisidlardan foydalanish va zararkunandalarni aniqlash metodlari haqida ham to'liq ma'lumotlar keltirilgan.