ZnxSn1-xSe юпқа қатламларининг структуравий, морфологик, оптик ва электрофизик хоссалари
Ushbu dissertatsiya tadqiqoti ZnₓSn₁₋ₓSe qotishmalarining yuqori sifatli plyonkalarini olish uchun optimal texnologik rejimlarini aniqlashga, ularning fizik va optik xossalarini quyosh elementlarining samaradorligi talablariga javob beradigan darajada tadqiq etishga, shuningdek, ularning strukturaviy, morfologik, optik va elektrofizik xossalarining termodinamik kattaliklar bilan o'zaro bog'liqligini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqot jarayonida kimyoviy molekulyar nurlar yordamida plyonkalarni olish usulining optimal rejimlarini aniqlash, ularning strukturaviy, morfologik, optik va elektrofizik xossalarini o'rganish asosida samarali quyosh elementlari uchun zarur bo'lgan parametrlarga ega bo'lgan materiallarni yaratish usullari ishlab chiqilgan.