Ўзбекистонда яшил иш билан бандлик сиёсатини амалга ошириш имкониятлари
Ushbu maqola O'zbekistonda yashil bandlik siyosatini amalga oshirish imkoniyatlarini tadqiq etadi. Unda yashil ish o'rinlarini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, bunday bandlikni rivojlantirish uchun indikatorlar, shuningdek, davlat tomonidan korxonalarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha chora-tadbirlar taklif etilgan. Maqolada zamonaviy iqtisodiy tendensiyalar va O'zbekistondagi mavjud vaziyat hisobga olinib, yashil iqtisodiyotning rivojlanishi va unga mos kasblar hamda ularni rag'batlantirish mexanizmlari ko'rib chiqiladi. Ish joylarida xavfli va zararli mehnat sharoitlarining mavjudligi, ishchilarning salomatligi va mehnat unumdorligiga ta'sir etuvchi omillar ham tahlil qilinadi.