Tebranishlardan himoyalanuvchi mexanik sistemalarni strukturaviy modellashtirish va ustuvorligini tekshirish masalalari
Ushbu avtoreferat M.U. Xodjabekovning «Tebranishlardan himoyalanuvchi mexanik sistemalarni strukturaviy modellashtirish va ustuvorligini tekshirish masalalari» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasining asosiy natijalarini oʻz ichiga oladi. Dissertatsiyada mexanik tizimlarning tebranish xavfini kamaytirish va ularning mustahkamligini oshirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar, ayniqsa, gisterezis tipidagi elastik dissipativ xarakteristikali tizimlarning dinamikasi va ustuvorligi hamda ularni matematik modellashtirishga bagʻishlangan.