"Nasоslar va nasоs stansiyalari" fanidan amaliy mashg‘ulоtlarni bajarish bo'yicha
Ushbu o'quv qo'llanmasi nasos qurilmalarining asosiy ish ko'rsatkichlari, nasoslarning xarakteristikalarini tahlil qilish bo'limlari bo'yicha masalalar, sug'orish tizimidagi nasos stansiyalarining asosiy va yordamchi jihozlarini tanlash, nasos stansiyalarining gidrotexnik inshootlarini loyihalash hamda nasos stansiyalarining ekspluatatsion va texnik-iqtisodiy hisoblarini bajarish tartiblari keltirilgan. O'quv qo'llanma «Nasoslar va nasos stansiyalari» fani o'quv dasturi bo'yicha barcha bo'limlarni o'z ichiga olib, talabalarning mazkur fan bo'yicha nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash va kurs ishini bajarishga mo'ljallangandir. Qo'llanma suv xo'jaligining turli yo'nalishlari bo'yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan.