Assalom matematika
Ushbu kitob Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumanidagi 31-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining oliy toifali matematika fani o'qituvchisi Parpiyeva Nodiraning "Assalom matematika" nomli tadbir ssenariysidir. Ssenariy matematika fan oyligida maktab o'quvchilari o'rtasida fan kechasini o'tkazishga mo'ljallangan bo'lib, yosh avlodni matematika faniga bo'lgan qiziqishini orttirish, bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan. Unda matematika fanining ahamiyati, buyuk matematik olimlar hayoti va ijodi, turli matematik o'yinlar, boshqotirmalar, topishmoqlar, she'rlar va qiziqarli masalalar o'rin olgan.