Agroekologiya
Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Fargʻona davlat universiteti Ekologiya kafedrasi uchun «Agroekologiya» fani boʻyicha maʼruza matnlari sifatida nashr etilgan. Unda agroekologiya fanining mazmuni, vazifalari, boshqa fanlar bilan aloqasi, qishloq xoʻjalik ekinzorlarida organizmlarning paydo boʻlishi, qishloq xoʻjalik landshaftlari, organizmlarning kelib chiqishi, madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari, agrotsenoz, uning komponentlari, mahsuldorligi, antropogen omillar, agrobio-tsenoz barqarorligi, agrotsenozga agrotexnik tadbirlarning taʼsiri, ekinzorlarni kasallik va zararkurandalar bilan ishgʻol etilishi, oʻsimliklarni moslashuvi organizmlar oʻrtasidagi munosabatlar, muhit ekologiyasini agrotsenozlarga taʼsiri, landshaftlar organizmlar tarqalishiga taʼsiri, mineral va organik oʻgʻitlarning taʼsiri, yerdan foydalanish va almashlab ekish, qishloq xoʻjalik ekinlarini, kimyoviy tozalashni biologik oqibatlari, Markaziy Osiyo va Oʻzbekistonning qishloq xoʻjaligi mintaqalari, agrotsenozlar mikroflorasi, makrofaunasi, begona o'tlar ekologiyasi kabi mavzularga oid ma'lumotlar berilgan.