Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari
Ushbu o'quv-uslubiy majmua "Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari" fani bo'yicha tayyorlangan bo'lib, unda "Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari" fanini o'qitishdan maqsad - talabalarga zamonaviy avtomatlashtirilgan mashinasozlik ishlab chiqarishning texnologik jihozlarining turlari, tuzilishi, ishlatilish ko'lami, hisoblash asoslari va ulardan foydalanish bo'yicha yo'nalish profiliga mos bilim, ko'nikma va malaka darajasini ta'minlashdir. "Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari" o'quv fanini o'zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr - texnologik jihozlarning texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari, klassifikatsiyasi, harakatlarining tasnifi, detallar yuzalarini shakllantirish, kinematikasi asoslari, kinematik sozlash haqida tasavvurga ega bo'lishi kerak.