🔍

Energetikaning matematik masalalari

Ushbu o‘quv qo‘llanma energetika qurilmalari, ularning ishlash prinsiplari, qonuniyatlari va ularda sodir bo‘ladigan jarayonlarning ba’zi bir masalalarning matematik yo‘li, energetika tizimlari, ularning ishlash jarayonidagi qonunlar va shu qonunlarni energetik masalalarini yechishda qo‘llash va tadqiq qilish haqidagi ma‘lumotlarni o‘z ichiga oladi. Energetikaning matematik masalalari fani umumkasbiy fan hisoblanadi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, fizika, nazariy mexanika), metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash, elektrotexnikaning nazariy asoslari, energetika qurilmalari, yo‘nalishga kirish, energiya tejamkorligi asoslari va h.k fanlardan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish talab etiladi. Elektr ta‘minoti tizimlarini va tarmoqlarini loyihalash, ishlatish va holatlarini boshqarishda ularning xaraktiristikalarini hisoblash, almashtirish sxemalarini qurish, normal holatlarini hisoblash, holatlarni tahlil qilish zarurdir. Ushbu qo‘llanma talabaga yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun zaruriy bilimlarni beradi. Shuning uchun, elеktroenеrgеtika yo‘nalishida ta`lim olayotgan talabalar matеmatik masalalarni tushuna olishlari, ularni yechishning sonli-taqribiy, taqribiy-analitik usullarini nazariy o‘zlashtirishlari hamda o‘rganishlari, murakkab elektr tarmoqlarning ishchi rejimlarini matrisa usulida umumlashgan holda echish va energetic masalalarni echishda ehtimollar nazariyasi usulidan foydalanish hamda elektr energetikadagi avtomatik tizim masalalarini echish va tahlil qilish usullariga asosida elektr ta‘minoti tizimlarining matematik modellashtirish va taqiq qilish sohasidagi bilimlarini mustahkamlashtirish va qo‘yilgan masalalarni mustaqil echishda malaka va ko‘nikmalarini hosil qilishlari muhim ahamiyat kasb etadi.

🔑 Kalit soʻz🎯 74.3%

Использование программы gauss view и gaussian98w в процессе преподавания предмета квантовая химия

Maqolada universitetlarda «kvant kimyo» fanini o‘qitish jarayonida gauss view va gaussian98w dasturlaridan foydalanishning ahamiyati muhokama qilingan. Zamonaviy kvant-kimyoviy dasturlardan nazariy materialni o'rganishda parallel ravishda foydalanish taklif etiladi. Ushbu dasturlarning qulayligi, foydaliligi, ommabopligi va ishonchliligi ta'kidlangan. GAUSSIAN98W dasturining imkoniyatlarini to'liq ishlatish, hisoblash ma'lumotlarini talqin qilish talabalarga elektron zaryadlarining delokalizatsiyasi, molekulyar orbital, VZMO, NSMO, yarim elektron, atomlar va guruhlarning tebranishlari, tebranish spektrlari, konfiguratsion o'zaro ta'sir, molekulaning asosiy va qo'zg'algan elektron holatlari kabi ko'plab mavhum tushunchalarni oson o'zlashtirishga yordam beradi.

🔑 Kalit soʻz🎯 74.2%

Использование программы gauss view и gaussian98w в процессе преподавания предмета «квантовая химия»

Maqolada kvant kimyosi fanini o'qitish jarayonida Gauss View va Gaussian98W dasturlaridan foydalanish imkoniyatlari ko'rib chiqilgan. Dasturlar yordamida talabalarga nazariy materiallarni o'zlashtirishda ko'rgazmalilik, qulaylik, foydalilik va ishonchlilik ta'minlanishi ko'rsatilgan. Ushbu dasturlar molekulalarning kimyoviy tuzilishini hisoblashda, reaksiyalarni modellashtirishda, molekulyar xususiyatlarni aniqlashda va kvant kimyoviy masalalarni yechishda samarali vosita ekanligi ta'kidlangan.

🔑 Kalit soʻz🎯 73.9%

Сонли усуллар ва алгоритмлар

Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma "Informatika va axborot texnologiyalari" yo'nalishi talabalari uchun "Sonli usullar va algoritmlar" fanidan tajriba mashg'ulotlarini o'tkazishga mo'ljallangan. Qo'llanma sonli usullar, algoritmlar, chiziqsiz tenglamalarni yechish usullari, Gauss usuli va determinatlar kabi mavzularni qamrab oladi. Qo'llanma ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi qismda nazariy ma'lumotlar, usullarning algoritmlari, dastur ta'minoti va tajriba ishlari uchun topshiriqlar berilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 73.8%

Чизиқли алгебраик тенгламалар системасини ечишнинг тўғри методлари. Тескари матрицани топиш.

Ushbu kitob chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini yechishning to'g'ri usullarini, teskari matritsani topish usullarini va ularning qo'llanilish shartlarini o'rganadi. Gauss metodi, xatoliklarni baholash, sezgirlik tushunchasi va ularning amaliyotdagi ahamiyati chuqur tahlil etiladi. Kitobda turli teoremalar va formulalar keltirilgan, ularning isboti va qo'llanilishi misollar bilan tushuntirilgan. EHM yordamida hisoblash algoritmlarini ishlab chiqish va tahlil qilishga alohida e'tibor qaratilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 73.7%